2022-yilning 7-11 noyabr kunlari Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti “Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri E.A.Muminova boshchiligida kafedra professor-o‘qituvchilari A.Abdullayev, Sh.Axunova, D.To‘xtasinova, N.Nabiyeva, A.Ilyosov va S.Qodirovlar Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahridagi Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universitetida amaliy tashrif bilan xizmat safarida bo'lib qaytdilar.
Tashrif davomida Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universitetida “Iqtisodiyot va biznes” oliy maktabi bilan kelgusida o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish, o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha tajriba almashdilar. (https://www.kaznu.kz/ru/10706/page/)