O'zbekiston Respublikasi bosh prokuraturasi hamda Farg'ona shahar prokuraturasining taqdimnomasi muhokama qilindi.
Majlislar zalida tashkillangan muhokamada o'quv ishlar bo'yicha prorektor J. Kambarov, ma’naviyat va ma’rifat bo'lim boshlig'i B.Abduhalilov hamda fakultet dekanlari ishtirok etishdi.
Yig'ilishda talabalarning to'lov-shartnomalarining o'z vaqtida amalga oshirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek davlat tili haqidagi O'zbekiston Respublikasi qonun ijrosi yuzasidan davlat tilida ish yuritish hujjatlari va shu sohaga doir normativ huquqiy hujjat talablariga qat'iy amal qilish lozimligi aytib o'tildi.
Muhokama davomida Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti dekani O.Nurmatov tomonidan 5+1 dasturi yuzasidan taqdimot o'tkazildi.