Asrimizning global muammolari qatoriga yangidan-yangi turlari bilan tilga olinayotgan kiberjinoyatchilik kirib kelganiga ham ancha bo'ldi. Uning bizga ma'lum bo'lgan virusli dasturlarni tarqatish, parollarni buzib kirish, kredit karta va boshqa bank rekvizitlaridagi mablag'larni o'zlashtirish talon-toroj qilish, shuningdek, internet orqali qonunga zid axborotlar, xususan, bo'hton, ma'naviy buzuq ma'lumotlarni tarqatish bilan bashariyat hayotiga katta xavf solayotganidan ko'z yuma olmaymiz.

Kundan-kunga takomillashib ketayotgan kiberjinoyatchilikka qarshi kiberxavfsizlikni ta'minlash maqsadida, Ichki Ishlar Vazirligi Kiberxavfsizlik markazi tomonidan rasmiy bot ishlab chiqilgan. Ushbu bot orqali kiberxavfsizlikni ta'minlashning bir necha usullarini o’rganishingiz hamda bu xavflardan ogoh bo’lishingiz mumkin.

Botga ulanish

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti