Magistratura mutaxassisligining ilmiy seminar monitoringi davom etmoqda
Avval xabar berganimizdek, 2022/2023 o‘quv yilidagi bitiruvchi 2-kurs magistratura mutaxassisliklari magistrantlarining ilmiy tadqiqot ishlari faoliyati, magistrlik dissertatsiyalarini bajarilish holati bo’yicha seminar monitoring tashkillangan edi.
“Magistratura bo’limi boshlig'i” Sh.Xusanova boshchiligida tashkillangan seminarda ishchi guruh a’zolari Ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash bo'limi boshlig'i S.Ergashev, ARM direktori M.Nuriddinov,Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi mudiri I.Ismanov, kafedra mudirlari va ilmiy rahbarlari ishtirokida 2-kurs menejment kafedrasi magistrantlari uchun ilmiy seminar monitoringi bo'lib o'tdi.