Farg‘ona politexnika instituti va Qozog‘iston Respublikasi M. Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti o‘rtasida tuzilgan “Hamkorlik Memorandum”iga asosan joriy yilning 24-noyabr kuni 5 kishidan iborat delegatsiya Farg‘ona politexnika institutining Qurilish fakultetiga rasmiy tashrif buyurishdi. 

Tashrifning asosiy maqsadi Oliy ta’limlar o‘rtasidagi aloqani yanada rivojlantirish va mustahkamlashdan iborat. Qozog‘iston Respublikasi M. Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti bilan 2021-yil 25 dekabr oyida tuzilgan shartnoma, O‘zbekiston va Qozog‘iston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida mustahkam ko‘prik o‘rnatilgan edi.
Ushbu o‘rnatilgan hamkorlik ko‘prigi orqali 2020-2021 o‘quv yilida har ikki tomonning 30 dan ortiq professor - o‘qituvchilari mos ravishda universitetlarga dars o‘tish, konferensiyalarda qatnashish, seminarlar o‘tkazish va tajriba almashish maqsadlarida tashrif buyurishgan. 2021-2022 o‘quv yilida bu ko‘rsatkichlarni yanada oshirish va 2022-2023 o‘quv yilida ushbu hamkorligimizni jadallashtirish asosiy maqsad qilib qo‘yildi.

Mazkur tashrif davomida Qozog‘iston Respublikasi M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti yetakchi olimlari Farg‘ona politexnika instituti mutaxassislar bilan fikr almashinib, Qurilish fakulteti magistrantlari hamda professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda suhbat o‘tkazilib, “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasida “Bino va inshootlar qurilishi” ta’lim yo‘nalishi talabalari, va “Infratuzilma ob’yektlarini qurish”, “Bino va inshootlar qurilishi” mutaxassisligi magistrantlari va “Arxitektura” ta’lim yo‘nalishi talabalariga “Qurilishni tashkil etish va rejalashtirish”, “Maxsus temirbeton konstruksiyalari”, “Eksperimentni rejalashtirish va natijalariga ishlov berish”, “Arxitekturaviy loyihalash” fanlaridan ma’ruza va ilmiy konsultatsiyalar hamda kelajakda birgalikda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan loyihalarni muhokama qilishdi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti