Farg’ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vakillari Farg’ona politexnika institutida


Fargʻona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vakillari Fargʻona politexnika institutida

Bugun Fargʻona politexnika institutiga Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fargʻona viloyati boʻlinmasi, FVV boshqarmasi Axborot tahlil xizmat boshligʻi Begzod Mahmudov hamda Tezkor guruh rahbari Lazizjon Shermatov tashrif buyurdi.

Tashrifdan koʻzlangan maqsad qish mavsumiga kirish oldidan profilaktik chora tadbirlar, yongʻin xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirish, turli mudhish hodisalarni oldini olish hamda FVV holatlarda qanday harakat qilish usullarini talabalarga oʻrgatishdir.

Soha vakillari tomonidan institut talabalariga is gazidan zaharlanish, isitish tizimlaridan notoʻgʻri foydalanish oqibatida kelib chiqadigan turli xil mudhish hodisalar boʻlganida, nimalar qilish kerakligi tezkor guruh tomonidan amaliy mashgʻulot jarayonlarini koʻrsatib berildi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti