O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan jami 91 ta Oliy ta’lim muassasa (filial)lari ilmiy va innovatsion faoliyati o’rganilib, 2021-2022 o’quv yili yakuni bo’yicha oliy ta’lim muassasalarining ilmiy va innovatsion faoliyati baholandi. Unda Farg’ona politexnika instituti ilmiy innovatsion faoliyati Respublikada 2-o’rinni egalladi. Yetakchi o’rinlarni egallagan oliy ta’lim muassasalari ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektorlari “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoniga munosib deb topildi.
✨ Quvonarli jihati shundaki, ular orasida Farg'ona politexnika instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Xamrakulov Zoxidbek Abdusamadovich ham bor.
Ushbu yuksak mukofot bilan Xamrakulov Zoxidbek Abdusamadovichni samimiy muborakbod etamiz!