Farg‘ona politexnika instituti va Qirg'iziston Respublikasi O'sh texnologik universiteti o‘rtasida tuzilgan “Hamkorlik Memorandum”iga asosan O'sh texnologik universitetining Arxitektura qurilishi fakulteti dekani U.Djusuev boshchiligida bugun 5 kishidan iborat delegatsiya Farg‘ona politexnika institutining Qurilish fakultetiga rasmiy tashrif buyurishdi.
Tashrifning asosiy maqsadi Oliy ta’limlar o‘rtasidagi aloqani yanada rivojlantirish va mustahkamlashdan iborat. Ushbu o‘rnatilgan hamkorlik ko‘prigi orqali 2022-2023 o‘quv yilida professor - o‘qituvchilari mos ravishda bakalavriat ta'lim yo'nalishlari talabalariga ixtisoslik va mutaxassislik fanlaridan ma'ruza darslarini o'tish uchun tashrif buyurishdi.
Mazkur tashrif davomida Qirg'iziston Respublikasi O'sh texnologik universiteti yetakchi olimlariga Farg‘ona politexnika instituti "Qurilish" fakulteti dekani Sh.Davlyatov tomonidan oliygohning barcha fakultetlari hamda Qurilish fakultetining strukturasi hamda ishlash mexanizmi taqdimot orqali ko'rsatib berildi.