#Korrupsiyani birgalikda yengamiz!


 Farg‘ona politexnika institutining madaniyat saroyida  “9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan  tadbirlar bo’lib o’tdi. 

Ushbu tadbirda  O’zbekiston Respublikasi Farg’ona viloyati prokuraturasi boshqarma bo’lim katta prokurori M.G’oyipov qatnashdi.

 Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi Sh.Dexkanov, korrupsiyaga oid 7 ta belgilangan tizim, korrupsiyaga qarshi profilaktik tadbirlar va islohotlar yuzasidan qisqacha nutq so'zlab bugungi tadbirni ochib berdi.

Tadbirda, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni barqarorlashtirish boʻyicha rektor maslahatchisi I.Iskandarov, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo'lim boshlig'i B.Abduhalilov, fakultet dekanlari, professor o‘qituvchilar, tyutorlar hamda 500 nafardan ortiq talaba yoshlar ishtirok etishdi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti