Kuni kecha Kimyo-texnologiya fakulteti dekani R.Tojiyev talabalar turar joyining ma'naviyat xonasida talabalar bilan davra suhbati o‘tkazdi.Talaba yoshlarning yashash sharoitini ko‘zdan kechirgach, ular bilan do'stona suhbat olib bordi. Suhbat davomida talabalar darsdan so'ng nimalar bilan shug'ullanishi, nimalarga qiziqishi, kamchilik va muammolari bilan tanishdi.
Yarim yillik natijalarga ko‘ra eng faol talabalarga va eng na’munali xona vakillariga fakultet dekani nomidan faxriy yorliqlar topshirildi.