Sport musobaqalari davom etmoqda!


Avval xabar berganimizdek, Fargʻona politexnika institutida professor-o‘qituvchi va ishchi-xodimlar o‘rtasida “Sport salomatlik garovi”  nomli sport turniri boshlangan edi. 

Bugungi bellashuvda  sportning  volleybol va stol tennisi  turlari bo'yicha jamoalar qizgʻin bahs olib borishmoqda.

 Mazkur musobaqada oliygohning professor-o‘qituvchilari va ishchi xodimlari sportning barcha turlarida bir jamoa bo'lib qatnashmoqda.

Musobaqa ishtirokchilariga omad tilab qolamiz!

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti