#Seminar_trening


 Barchamizga ma’lumki, O‘zbekistonda tyutorlar lavozimi talabalarga ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, ularga uslubiy, ijtimoiy va psixologik yordam ko‘rsatish hamda talabalarda tanlagan kasblariga muhabbat uyg‘otish maqsadida joriy etildi. Bugun Farg‘ona politexnika institutining Axborot resurs markazida aynan shu kasb egalari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi. 

 Seminar davomida oliygoh huquqshunosi Maqsudjon Latipov institutdagi mehnat shartnomasi, odob-axloq qoidalari va boshqa bir qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, bu kabi seminar-treninglar hafta davomida bo‘lib o‘tadi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti