Keyingi vaqtda oliy ta'limdagi muhim islohotlardan biri bu - qo'shma dasturlar orqali talabalarning xorijda o'z bilim va mahoratlarini oshirishlaridir. Bugun Farg'ona politexnika institutida ham professor-o'qituvchilar ishtirokida aynan shu mavzuga bag'ishlangan seminar bo'lib o'tdi.
Seminar davomida xalqaro va mahalliy loyihalar tayyorlash hamda ularni yutib olish, "Erasmus Mundus", "EMJM", va "EMDM" lotining asosi, yangi magistrlik dasturlari ishlab chiqishni qo'llab-quvvatlash orqali Erasmus+ Action bo'shlig'ini to'ldirish, boshqa OTMlardan guruhlar safarbar etish, loyihalar jamoasida rollarni aniqlash va vazifalarni taqsimlash kabi bir qator muhim masalalar ko'rib chiqildi.