Institutning Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari fakultetida bugun  “Oliy ta’lim tizimidagi me’yoriy hujjatlar, kredit-modul tizimida baholash mezonlari, HEMIS platformasidan foydalanish va kredit-modul tizimida mustaqil ta’lim hamda malakaviy amaliyotni tashkil etish” mavzusida seminar o’tkazildi. 

Seminarda fakultet dekani, dekan o’rinbosarlari, kafedra mudirlari va barcha professor-o’qituvchilar qatnashdilar. Tadbirda fakultet o’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari M.Sobirov,  kafedra katta o’qituvchilari Q.Ergashov va  A.Tojiboyevlar ma’ruzalari tinglandi.

Barcha ishtirokchilar yuqoridagi mavzu bo’yicha o’zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan  javob olishdi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti