Kuni kecha Farg’ona politexnika institutiga Londonning “Ed4All”” tashkilotining O’rta Osiyodagi vakili Sachdev Ramakshina tashrif buyurdi.

Tashrif davomida, janob Ramakshina ushbu tashkilot haqida to’liq ma’lumot berish bilan bir qatorda, undan professor-o’qituvchilar va talabalar qanday foydalanishlari kerakligini ham tushuntirib o’tdi hamda ushbu mavzuga bag’ishlangan taqdimotini ishtirokchilar e’tiboriga havola etdi.  

Ushbu platforma talabalarni sohalarda mahoratlarini o'qishdan tashqari qo'shimcha online darslarda qatnashib oshirishiga va kelajakda ish topishini osonlashtirishga qaratilgan.  Online darslarda bevosita ishtirok etib, test sinovlaridan muvaffaqiyatli o'tgan talabalar dunyo tan olgan "Microsoft", "Linkedin" kabi nufuzli kompaniyalar sertifikatiga ham ega bo'ladi.Shuningdek, mazkur tashkilot talabalarni ish topishlarida ham ko'maklashadi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti