Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Farg’ona politexnika institutida yosh ixtirochi talabalar tomonidan yaratilgan innovatsion loyihalar bilan tanishdi. Institut talabasi Asadbek Zokirov tomonidan yaratilgan “Avtomatlashtirilgan savdo shkafi” bugungi kundagi innovatsion loyiha ekanligini ta’kidlab, respublikadagi barcha oliygohlarning talablar turar joylariga o’rnatilishi kerakligini aytdi.

 Talablar tomonidan ixtiro qilingan velodrom I. Abdurahmonovda qiziqish uyg’otdi va ushbu qurilmani ham viloyatdagi barcha maktabgacha ta’im muassasalariga o’rnatish zarurligini ta’kidlab, mazkur masala bo‘yicha viloyat Innovatsiya markazi rahbari Z.Yunusovga alohida topshiriq berdi.

Vazir oliygohda  2022-yilda ilmiy va innovatsion ishlab chiqarish hamda turli sohalarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan jami 17 ta markaz va uning tarkibidagi 14 ta spin - off korxonalari faoliyati bilan tanishib, o’z fikr mulohazalarini bildirdi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti