Bugun Farg’ona politexnika institutining katta majlislar zalida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida yig’ilish bo’lib o’tdi. 
Yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi Diniy ishlar bo’yicha qo’mitasi mutaxassisi Nodirbek Shomirzayev, Farg’ona viloyati hokimligi mutaxassisi Ahmadjon Oripov,  institut ijtimoiy-maʼnaviy muhitni barqarorlashtirish boʻyicha rektor maslahatchisi I.Iskandarov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi Sh.Dexkanov, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo'lim boshlig'i B.Abduhalilov va talaba yoshlar ishtirok etishdi.
O’zbekiston Respublikasi Diniy ishlar bo’yicha qo’mitasi mutaxassisi N.Shomirzayev davlatimiz rahbari yurtimizda “Jaholatga qarshi – ma’rifat” degan ezgu g‘oya asosida islom dinining insonparvarlik mohiyatini, tinchlik va do‘stlik kabi oliyjanob maqsadlarga xizmat qilishini targ‘ib etish kun tartibimizdagi doimiy masalalardan biri ekanini ta’kidladi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti