Farg’ona politexnika instituti rektori O’ktam Salomov boshchiligidagi institut delegatsiyasi Italiyaning Turin politexnika universitetining rasmiy taklifiga binoan ushbu universitetga tashrif buyurishdi. 

Tashrifning dastlabki kuni institutimiz delegatsiyasining Turin politexnika universiteti rektori Guido Saracco boshchiligidagi universitet rahbariyati bilan keng va tor doiradagi rasmiy muzokaralari bilan boshlandi. Uchrashuvlarda o’zaro strategik hamkorlik istiqbollari yo’nalish va sohalar kesimida keng muhokama qilindi. Dastlabki kundagi muzokaralar natijasida Turin politexnika universiteti va Farg’ona politexnika instituti o’rtasida o’zaro strategik hamkorlik bo’yicha shartnoma imzolandi. 

Kunning ikkinchi yarmida institutda ta’lim sifatini yanada oshirish bo’yicha hamkorlik muzokaralari kengaytirilgan tarzda davom ettirildi. Muzokaralar natijasida ko’plab kelishuvlarga erishildi. Ularning biri sifatida ta’kidlashimiz mumkinki, 2023-2024 o’quv yilidan boshlab Farg’ona politexnika instituti va Italiyaning Turin politexnika universiteti bilan bakalavriat hamda magistratura mutaxassisliklari bo’yicha qo’shma ta’lim dasturlari amalga oshiriladi.

 

Barchamizga ma’lumki, Italiyaning Turin politexnika universiteti Yevropaning top texnika OTMlaridan biri hisoblanadi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti