Kuni kecha, oliygohimizga Qoraqalpog’iston Respublikasining barcha oliy ta’lim muassasalarining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektorlari tashrif buyurdi.

Dastavval, mehmonlarni O'quv ishlari bo'yicha prorektor J.Qambarov,  Ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi boshlig’I S.Ergashev va Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatlarini tashkil etish bo’limi boshlig’I A.Hamidovlar kutib olib, institutdagi barcha korxonalar, zamonaviy jihozlangan o'quv xonalar, Renessans hall hamda Media markaz bilan tanishtirib o'tdilar.

So'ngra, majlislar zalida ikki ta'lim muassasasi mutasaddilari o'zaro fikr almashib, manfaatli hamkorlik olib borish borasida kelishib olishdi.

Tashrifdan ko’zlangan asosiy maqsad, mavjud Spin-off korxonalari faoliyati hamda amaldagi ta’lim sifatini o’rganishdan iborat. 

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti