#Matbuot_anjumani


Bugun Farg’ona politexnika institutida “Oliygohda talabalarni ishga joylashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar” mavzusida Matbuot anjumani bo’lib o’tdi.

Anjumanda institut O’quv ishlar bo’yicha prorektori J.Kambarov, institut Marketing va talabalar amaliyoti bo‘lim boshlig‘i Oybek Soliyev hamda jurnalist va blogerlar ishtirok etishdi.

Dastlab, oliygoh talablarini bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ishtirokchilarga ma’lumot berib o’tildi. Farg‘ona politexnika institutida hozirgi kunda 15 ming 533 nafar talaba bo‘lib, 9 ming 385 nafari kunduzgi bo‘limda tahsil olmoqda. Shundan 2203 nafari ish bilan ta’minlangan. 300 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlanganlar va 2249 nafari bitiruvchilardir. 

Ishga joylashish bo‘yicha o‘tkazilgan tahlillar natijasida 2 ming 493nafar yoshning ishga ehtiyoji borligi aniqlandi. Oliygoh qoshida tashkil etilgan 17 ta markaz, 14 ta Spin-off kompaniyalarida 343 ta ish o’rni yaratildi va u yerda ishlovchilarning barchasi institut talabalaridir!

Matbuot anjumani davomida mavjud bo’sh ish o’rinlariga talabani ishga joylashishtirish tartibi haqida institut marketing va talabalar amaliyoti bo‘lim boshlig‘i Oybek Soliyev to’liq ma’lumot berdi. 

Anjuman yakunida jurnalistlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxasislar tomonidan javob olishdi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti