FarPI qoshidagi spin-offlar va markazlariga Italiyaning yetakchi arxitektor-quruvchilari jalb etiladi.
Turin Politexnika universiteti prorektorlari prof.Michele Bonino va prof.Anita Tabacco va Arxitektura-qurilish bo’limi rahbari bilan italiyalik yetakchi soha mutaxassislarini FarPIga jalb qilish hamda birgalikda yirik loyihalarda qatnashish istiqbollari muhokama qilindi.
Muzokaralar natijasida yetakchi italiyalik mutaxassis-professorlar va FarPI professor-o’qituvchilaridan iborat teng ishtirokchilarga ega 12 kishilik loyiha guruhi tashkil etish, arxitektura, shaharsozlik va qurilish sohasidagi yirik loyihalarda birgalikda ishtirok etish bo’yicha kelishuvlarga erishildi.
FarPI va TPU(PoliTo) birgalikda PhD doktorantlarni tayyorlash, ilmiy ish himoyalarini amalga oshirish, ya'ni Cotutelle bo'yicha hamkorlik y'olga qo'yiladi va bu bo'yicha alohida hamkorlik shartnoma imzolanishi belgilandi.
FarPI professor-o’qituvchilar va talabalari Erasmus+ exchange dasturi bo’yicha Turin Politexnika universitetiga kelib o’qish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Bundan tashqari, kelishuvda professor-o’qituvchilarimizni qisqa muddatli stajirovka va malaka oshirishga yuborish ham ko’zda turilgan.
Endilikda doktorantlarimiz Cotutelle dasturi ostida TPU(PoliTo) va FarPI ilmiy darajalar beruvchi kengashlarida himoya qilishga ega bo'ladilar.