Vazirlar Mahkamasining "2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoʼllab -quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash toʼgʼrisida" 2020-yil 14 -dekabrdagi 781-son qaroriga asosan Oʼzbekiston Respublikasida 2021- yildan boshlab har yili aprel oyining birinchi haftasi "Kitobxonlik haftaligi" kuni deb belgilangan. Shu munosabat bilan Farg'ona politexnika instituti Axborot resurs markazi xodimlari va ,,Yosh kitobxonlar'' klubi a'zolari Farg'ona shaxridagi ,,Xuvaydo''MFY ga tashrif buyurdilar va ,,Kitob haftaligi'' doirasida uchrashuvlar o'tkazib, yangi adabiyotlar taqdimotlarini tashkil etdilar.