Joriy yilning 6-aprel kuni oliygohning majlislar zalida, Farg’ona viloyati Transport boshqarmasi boshlig’i B.Hamidov va o’rinbosari N.Uzoqov hamda “Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi” kafedra mudiri, kafedra o’qituvchilari ishtirokida Z.Hametov  Farg’ona shahrida transport harakatini tartibga solish masalasi bo’yicha uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida, aholining yuqori sifatli va qulay yo’lovchi tashish xizmatlariga bo’lgan ehtiyojlarini to’liq qondirish, sohada bozor tamoyillarini joriy etish kabi bir qator masalalar ko’rib chiqildi. Shu bilan birgalikda, Farg’ona shahar transport tizimining kelajakdagi istiqbolli rejalari muhokama qilindi.

 

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti