"Talabalar bahori" yoshlar festivaliga start berildi!


Bugun oliygohimizda, "Talabalar bahori" yoshlar festivalining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

 Ushbu festival, 18 ta tanlov va musobaqalar hamda 10 dan ziyod turli ko'ngilochar tadbirlarni o'z ichiga olgan. 

 Shu bilan birgalikda, IT park Farg'ona filiali bilan hamkorlikda talabalarning ilmiy g'oyalari, loyihalari va start uplarini moliyalashtirish, "Akademik harakatchanlik" dasturini ishga tushirish, "TechnoWays" texnologik rivojlanish marafonini hamda FarPI innovatsion loyihalar haftaligini tashkil etish ham ko'zda tutilgan.

 Eslatib o'tamiz, ushbu festival 10-apreldan 20-aprelga qadar bo'lib o'tadi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti