Yangi Oʻzbekistonni oʻzimiz, oʻz qoʻlimiz bilan bunyod etamiz shiori ostidagi Respublika esselar tanlovi bugun Fargʻona politexnika instituti kichik majlislar zalida tashkillandi. Institut 1-prorektor M.Botirov esselar tanlovini koʻtarinki ruhda, barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat tilagan holda ochib berdi. 2,5 soat vaqt oraligʻida boʻlib oʻtadigan esselar tanlovida qatnashmoqchi boʻlgan fakultet yoshlari bir joyda jamlandi va ular uchun qulay sharoitlar yaratib berildi.
♻️ Oʻzbekiston tarixi va ijtimoiy fanlar kafedrasi professori A.Komilov hamda ushbu yoshlarni bir maqsad yoʻlida birlashib, oʻz fikrlarini namoyon etishda institutning Yoshlar bilan ishlash maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi B.Abduhalilov oʻz mehnatlari bilan qatnashmoqda.