Bugun Farg’ona politexnika institutining majlislar zalida, institut o’quv ishlar bo’yicha prorektori Jamoliddin Kambarov “Kredit-modul tizimini amaliyotga tadbiq etish” mavzusida ochiq muloqot o’tkazdi. 

Muloqot davomida, kredit-modul tizimini joriy o‘quv yilida keng targ‘ib qilish va uni talabalarga keng ma’noda tushuntirish, fan va kasb tanlashga to‘g‘ri yo‘naltirish, bu tizimda oliy ta’lim muassasalarida duch kelayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish borasida muhokamalar amalga oshirildi. 

Germaniya ta’lim tizimida Frayburg va Haydelberg pedagogika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistratura misolida kredit-modul tizimlari asosida o‘quv jarayonlari tushuntirildi. 

Ushbu kredit-modul tizimida birinchi o‘rinda talaba o‘zi mustaqil fan tanlashi, uni o‘zlashtirishi va semestr davomida fanlardan zarur kreditni to‘plashi zarur bo‘ladi. Bu esa talabaning ta’lim jarayonida olgan bilimlari ustida bir qator ishlashlarni mustaqil bajarish qobilyatiga ega bo‘ladi. Buning natijasida esa, talaba kelajakda yurtga kerakli kadr bo‘lishiga xizmat qiladi.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, institutdagi kredit-modul tizmi bilan yaqindan tanishdi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti