Bugun Yaponiyaning Willtec Co.,Ltd” kompaniyasi rahbariyatidan Ooki Karino, Mr. Shinji Murakami , “Wat consulting Co.,Ltd” rahbari Tatsuo Mizutani, “Nippondo Co.,Ltd” Mr. Toshiharu Shimizu va boshqa mas'ullardan tashkil etilgan delegatsiya vakillari Farg'ona politexnika institutiga rasmiy tashrif buyurdi.
Institut majlislar zalida kelgusidagi istiqbolli rejalarni muhokamasiga bag’ishlangan uchrashuv tashkillandi. “Wat consulting Co.,Ltd” kompaniyasi Yaponiyaning yirik korxonalariga turli sohalar bo’yicha, xususan, yetakchi qurulish kompaniyalariga mutaxasislarni yetishtirib berish bilan shug’ullanadi. Ushbu yirik kompaniya va Fargʻona politexnika institutida Yapon tili va texnologiyalarni oʻrgatish markazini tashkil etish va bu orqali institut bitiruvchilarini Yaponiyaning yirik yetakchi korxona va tashkilotlarida ish bilan ta'minlashga qaratilgan markaz tashkil etish borasida samarali muzokaralar olib borildi.
Muzokaralar yakunida Farg'ona politexnika institutida ushbu markazni tashkil etish va faoliyatini yo'lga qo'yish bo'yicha ikki tomonlama o'zaro manfaatli hamkorlik shartnomasi imzolandi hamda yo'l xaritasi tasdiqlandi.
Tasdiqlangan yo'l xaritasiga ko'ra, may-iyun oylarida institutning arxitektura va qurulish fakulteti 2-kurs talabalari orasidan mazkur markazda ta’lim olish uchun suhbat asosida tanlov o'tkaziladi hamda 25-sentyabrdan boshlab, markaz faoliyati to'liq ishga tushuriladi.
Tashrif davomida, delegatsiya vakillari oliygoh qurulish va arxitekura fakultetining moddiy-texnik bazasi va Yapon tili va texnologiyalarni oʻrgatish markazidagi ta’lim jarayonlarini tashkil etishga mo’ljallangan o’quv xonalari bilan yaqindan tanishishdi.
Taʼkidlash joizki, Yaponiyaning Willtec va “Wat consulting Co.,Ltd” kompaniyalarining asosiy faoliyat yoʻnalishlaridan biri yirik sanoat korxonalariga xorijdan malakali va salohiyatli kadrlarni jalb etish va ishga joylashtirish hisoblanadi.
Fargʻona politexnika institutida tashkil etiladigan markaz Fargʻona viloyati yoshlari uchun Yaponiyaning yirik kompaniyalarida ishlash imkoniyatini yaratadi.