Oliygohimiz Koreyaning nufuzli San Mun universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatdi
1972-yilda o‘z faoliyatini boshlagan, bugungi kunda dunyoning 76 ta mamlakatidan kelgan 2000 nafarga yaqin xorijlik talabalarga ham ilm berayotgan nufuzli San Mun universiteti Farg'ona politexnika instituti bilan o'zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini o'rnatdi.
Ikki oliygoh rektorlari ishtirokidagi bugungi uchrashuvda kelgusida talabalar alamashinuvi, professor-o‘qituvchilar, kafedralar va ilmiy-tadqiqot institutlar o‘rtasida hamkorlik dasturlari va tadbirlarini ishlab chiqish borasida muzokaralar bo'lib o'tdi va Memerondum imzolandi.