#Seminar_trening


Kuni kecha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida beshinchi “MechaUZ” loyiha ishtirokchilari uchrashuvi bo’lib o’tdi. Unda barcha loyiha mas’ullari o’zlariga briktirilgan ishlar bo’yicha hisobotlarni taqdimot qildi va kelgusi ishlarni amalga oshirish bo’yicha kelishib olindi.   
Xabaringiz bor Yevropa Ittifoqining Erasmus+ CBHE dasturining “MechaUZ“ Oʻzbekistonda mexatronika va robototexnika yoʻnalishi boʻyicha bakalavriat taʼlimini innovatsion gʻoyalar va texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish” loyihasi boʻyicha birinchi trening 2022-yilning 30-may kuni Vilnius Gediminas Technical University (Vilnus Tech)da, ikkinchi trening 2022-yilning 18-iyuldan 23 iyulgacha Portugaliyaning Viana do Kastelo politexnika institutida bo’lib o’tgan edi. 
15-18 may kunlari Toshkent shahrida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo’lib o’tayotgan training quyidagi malakali mutaxassislar tomonidan olib boriladi: 
Dr.Konstantinos Dimopoulos - Mobile Robotics bo’yicha, Prof. Vytautas Bučinskas, Dr. Andrius Dzedzickis - Robot control systems bo’yicha, Dr. Uldis Žaimis - Application of IoT in environmental monitoring bo’yicha, Dr. Alvis Sokolovs - Electric Drive Control bo’yicha va Dr. Rolando Azevedo (CITIN) - Internet of Things and Artificial Intelligence bo’yicha training va mashg’ulotlar o’tkazadi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti