Talabalar teatr studiyalari 2023


Xabaringiz bor kuni kecha, Farg'ona shahri mezbonlik qilayotgan “Talabalar teatr studiyalari 2023” festivaliga start berilgan edi.

Bugun ushbu ko'rik tanlovning taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi! 

Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari Qosimov Fayzullo Sa'dullayevich hamda Farg‘ona politexnika instituti rektori Salomov O'ktam Rahimovich taqdirlash marosimini ochib berdilar.

Shundan so'ng, jamoalarning chiqishlarini adolatli baholab borgan hakamlar hay'ati a'zolari, ko'rik tanlovning final bosqichida faol ishtirok etgan qatnashchilar hamda mazkur tanlovning bir qator nominatsiyalari bo'yicha g'oliblikni qo'lga kiritgan jamoalar Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qimmatbaho sovg'alar va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Quvonarlisi shundaki, g'oliblar orasida oliygohimiz talabalari ham bor! 

Umarxon Muxtorov — "Eng yaxshi erkak roli uchun" nominatsiyasi g‘olibi, Farg'ona politexnika instituti "Qirguli" jamoasi a'zosi.

Nasiba Parpiyeva - Farg'ona politexnika instituti talabasi noutbuk bilan taqdirlandi.

Muhammadbobur Quronboyev - Farg'ona politexnika instituti talabasi, IKAR kitoblar to'plami hamda maxsus sovg'alar bilan taqdirlandi.

Barcha taqdirlangan talaba-yoshlarning kelgusida rejalashtirgan ishlarida omad va zafarlar tilaymiz!

 

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti