Bugun Farg’ona politexnika institutida oliygohning navbatdagi ilmiy kengash yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig‘ilishda, institut rektori O‘.Salomov, soha prorektorlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hamda barcha kengash a’zolari ishtirok etdi.
Dastlab, institut rektori institutda uzoq yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan “Oliy matematika” kafedrasi assisenti, katta o’qituvchisi Ahmadjon Qodirshayevichni 70 yoshi bilan samimiy tabrikladi. Shuningdek, Mirzo Ulug’bek vorislari Respublika ko’rik tanlovining 2023-yildagi Respublika bosqichi g’olibi qurulish fakulteti talabasi Shohruhbek Alisherov, “Unversiada 2022” sport o’yinlarining Regbi yo’nalishi bo’yicha Respublikada 2-o’rin sohibi qurulish fakulteti talabasi Iskandar Komiljonov, “Yangi O’zbekiston: Ilm qaldirg’ochlari - 2023” II-Respublika ko’rik tanlovi 3-o’rin sohibi Oybek Najmiddinovlarni institute rektori O’. Salomov tabriklab, kelgusidagi faoliyatlariga ulkan zafarlar tiladi. Shundan so’ng, ta’lim muassasada faoliyat olib boruvchi 10 ga yaqin professor-o'qituvchilarning Professor, dotsent ilmiy unvoniga ega bo'lganligi bilan tabriklab, kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.
Ilmiy kengash davomida asosiy hamda turli masalalar ko’rib chiqildi.
Bugungi yig’ilishda kun tartibidagi barcha masalalar ko’rib chiqilib, tegishli qarorlar chiqarildi.