Bugun Farg'ona politexnika institutida oliygohning “Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasi mudiri Gʻulomqodir Mirzaqulov "Kimyo texnologiyasi fakultetini rivojlantirish Strategiyasi" mavzusida taqdimot o'tkazdi.
Taqdimotda institut rektori O'.Salomov hamda soha prorektorlari ishtirok etishdi. G'.Mirzaqulov mazkur fakultetda ta'lim sifatini yaxshilash, ilmiy salohiyatni oshirish, xalqaro va mahaliy ilmiy loyihalarni tashkil etish, ishlab chiqarish bilan hamkorlikni mustahkamlash, zamon talablariga mos yangi yo'nalishni ochish kabi bir necha strategik yo'nalishlar haqida ishtirokchilarga batafsil ma'lumot berib o'tdi.