Bugun Farg‘ona politexnika instituti rektori O‘ktam Salomov joriy yil 11-aprel kuni davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida (https://president.uz/uz/lists/view/6145) berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida oliygohga biriktirilgan Quva tumanida istiqomat qiluvchi yoshlar xolidan xabar oldi. 

Institut rektori O‘.Salomovga biriktirilgan 126 nafar yoshlar tahlil qilindi va ushbu yoshlar bilan ishlash bo‘yicha 3-bosqichli manzilli chora-tadbirlarga asoslangan Yo‘l xaritasi ishlab chiqildi. 

1-bosqichda barcha yoshlar rektor, prorektorlar va fakultet dekanlariga biriktirildi. 124 nafar yoshlarning ota-onalari nomiga rektor nomidan motivasion xatlar yuborildi. Biriktirilgan yoshlarning yashash xonadonlariga borgan holda ijtimoiy ahvoli o‘rganilib, aniqlangan 124 nafar yoshlarning oilasiga 25 mln so‘mlik moddiy yordam hamda institutning 2 mln so‘mlik esdalik sovg‘alari taqdim etildi. O‘rganish natijasida ushbu yoshlarning shaxsiy dos’yelari shakllantirildi. Mavjud muammolari, talab va takliflari jamlanib, Yo‘l xaritaga kiritildi.  

Oliygoh rahbari Quva tumani M.Xasanov MFY M.Xasanov ko‘chasida istiqomat qiladigan Rayxonoy O‘ktamova bilan suhbatlashish chog‘ida unga ingalyator uskunasiga zarurligini aniqlagan edi.  Rayhonoy hozirda 2-guruh nogironi bo‘lib, nafas qisishi – astma kasalligi bilan doimiy davolanib turadi. Bugun institut rektori O‘.Salomov Rayhonoyga mazkur ingalyator uskunasi va kitoblar taqdim etdi.

Shuningdek, Quva tumani Pastki Xonobod MFYda yashovchi 2-guruh nogironi bo‘lgan Zoxidjon Valiyevga ham noutbuk va kitoblar sovg‘a qilindi. Ushbu yosh dasturlashga qiziqqanligi bois institutga hujjat topshirishi borasida kerakli tavsiyalar berildi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti