Bugun Farg’ona politexnika institutida ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti dekani Orifjon Nurmatov “Fakultetda ilmiy-tadqiqot va innovasion faoliyat doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustivor vazifalar”mavzusida taqdimot o’tkazdi. Taqdimotda institut rektori O‘ktam Salomov, ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti professor-o’qituvchilari, D.Qutbiyev, I. Ismanov, soha prorektorlari, ijtimoiy va ma'naviy muhit barqarorligini ta’minlash bo‘yicha rektor maslahatchisi I.Iskandarov, korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Sh.Dexkanov hamda dekanlar ishtirok etishdi.
O.Nurmatov fakultet qoshidagi Biznes-inkubator markazida faoliyat yuritayotgan va ochilishi rejalashtirilgan spin-off korxonalari haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berib o’tdi. Mazkur spin-off korxonasida 5 ta yo’nalishda o’z faoliyatini amalga oshiriladi va bular:
- “FerPI IFRS Academy” MCHJ
- “TexnoWays” yoshlar biznes inkubatori
- loyiha samaradorligini dastlabki baholash va loyihani texnik iqtisodiy asoslari(to‘liq biznes reja) ishlab chiqish markazi
- ko‘chmas mulk, transport vositalarini va boshqa moddiy hamda nomoddiy boyliklarni baholash ishlarini amalga oshirish markazi
- yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning buxgalteriya hisobini milliy standartlar (bhms) va xalqaro standartlar (ifrs) asosida yuritish hamda moliyaviy hisobotlarni tuzish xizmatlarini ko‘rsatish markazi
Taqdimot so’nggida mazkur ko’zlangan loyihalar amaliyotga tadbiq etilishi oliygoh talabalarining ta’lim, fan va ishlab chiqarishdagi integratsiyasiga katta yo’l ochishini institut rektori O‘.Salomov ham ta’kidlab o’tdi va loyiha bo’yicha bir necha topshiriqlar berdi.