Tadbir davomida, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 1-o’rinbosari S.Buzrukxonov mustaqil hayotga qadam qo’yayotgan bitiruvchilarga oq yo’l tilab, yurtboshimiz tomonidan yaratilayotgan shart-sharoitlardan oqilona foydalanishlari kerakligini alohida ta’kidlab o’tdilar va ta’lim olish jarayonida o’zining iqtidori, a’lo xulqi bilan namuna ko’rsatgan bitiruvchilarga faxriy yorliq hamda esdalik sovg’alarini topshirdi.
Oliygohimiz rektori ham bitiruvchi yoshlarni bugungi hayajonli kun bilan tabriklab, qalbidagi eng samimiy tilaklarini bildirib, esdalik sovg’alari topshirdilar.
O’quvchilar o’z ustida yanada yaxshiroq izlanishlariga yordam berish maqsadida maktab kutubxonasiga institutimiz tomonidan eng nodir adabiyotlar jamlanmasi taqdim etildi.