Bugun Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri o'rinbosari S. Buzrukxonov va Farg'ona politexnika instituti rektori O'.Salomov Quva tumanidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar holidan xabar olishdi.
Keyingi manzil Mavluda Bozorova hamda Sardorbek Umarovlarning xonadonlari bo'lib, ularning ham muammolari tinglandi va vaqtida yechim topildi.
Sardorbek IT sohasiga juda qiziqadi faqat nogironligi bo'lgani uchun bu sohani o'quv kurslaridan o'rgana olmayotgan edi. Shu sababli unga notebook sovg'a qilindi. Endilikda u bemalol sohaga doir bilimlarni onlayn o'rganishi va shu asosida oliy ta'lim muassasalaridan biriga o'qishga topshirishi mumkin.