Bugun Farg’ona politexnika institutining o’quv yili yakunlariga bag’ishlangan ilmiy kengash yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Yig‘ilishda, institut rektori O‘.Salomov, soha prorektorlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hamda barcha kengash a’zolari ishtirok etdi.
Dastlab, institut rektori O‘.Salomov institutimizda uzoq yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan Qurilish fakulteti professori Mahmudjon Qosimovni 85 yoshga hamda Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi boshlig’i S.Ergashevni 70 yoshga to’lganligi bilan tabriklab, mehnat faoliyatida katta maktab yarata olganligini ta’kidladi.
Shuningdek, ta’lim muassasada faoliyat olib boruvchi 10 ga yaqin professor-o'qituvchilarning Professor, dotsent ilmiy unvoniga ega bo'lganligi bilan tabriklab, kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi. Ilmiy kengash davomida 9 ta asosiy hamda 20 ga yaqin turli masalalar ko’rib chiqildi.
Yig’ilishdagi kun tartibidagi asosiy masalalardan biri “Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektorining strategik rejalari to’g’risida”gi institut birinchi prorektori Sh.Dehkanovning dokladi ilmiy kengash muhokamasiga qo‘yildi. Yig’ilishda 2022/2023 o’quv yilida professor-o’qituvchilarning mehnat shartnomasi, shaxsiy ish rejasi va boshqa rahbariyat tomonidan belgilangan vazifalar bajarilishi yuzasidan o’quv ishlari bo’yicha prorektor J.Kambarov to’xtalib o’tdi.
Bugungi yig’ilishda kun tartibidagi barcha masalalar ko’rib chiqilib, tegishli qarorlar chiqarildi.