#talaba_yutugʻi


Kuni kecha Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universitet katta majlislar zalida "Taʼlimdagi muvaffaqiyatlari uchun" xalqaro tanlovining taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Xalqaro eʼtirofga erishish, taʼlim jarayonini yangi sifat bosqichiga koʻtarish uchun pedagog oʻqituvchilar, taʼlimni turli yoʻnalishlarida tahsil oluvchilarning hamda oʻz kasbiga fidoyi insonlar oʻrtasida "Zamonaviy taʼlim tizimini rivojlantirish, oliy taʼlim muassasalarda yosh kadrlarni sifatli oʻqitishni rivojlantirish unga qoʻyiladigan talablar, kreativ gʻoyalar, takliflar hamda yechimlar" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida xalqaro  "Taʼlimdagi muvaffaqiyatlari uchun" ilmiy - amaliy koʻrik tanlovida Fargʻona politexnika Instituti, Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari fakulteti talabasi Axmedov Murodjon Mamurovich ham faol ishtirok etib esdalik koʻkrak nishoni hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti