Esselar tanlovining institut bosqichi


Yangi Oʻzbekistonni oʻzimiz, oʻz qoʻlimiz bilan bunyod etamiz shiori ostidagi Respublika esselar tanlovi bugun Fargʻona politexnika instituti kichik majlislar zalida tashkillandi. Institut 1-prorektor M.Botirov esselar tanlovini koʻtarinki ruhda, barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat tilagan holda ochib berdi. 2,5 soat vaqt oraligʻida boʻlib oʻtadigan esselar tanlovida qatnashmoqchi boʻlgan fakultet yoshlari bir joyda jamlandi va ular uchun qulay sharoitlar yaratib berildi. 

Oʻzbekiston tarixi va ijtimoiy fanlar kafedrasi professori A.Komilov hamda  ushbu yoshlarni bir maqsad yoʻlida birlashib, oʻz fikrlarini namoyon etishda institutning Yoshlar bilan ishlash maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi B.Abduhalilov oʻz mehnatlari bilan qatnashmoqda. 

Ushbu esselar tanlovini respublika bosqichida oliy oʻrinni egallagan talabalar uchun maxsus sertifikat, kitoblar toʻplami, noutbook hamda 60 mln soʻm pul mukofotlari kutib turibdi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti