Italiyaning yetakchi arxitektorlari hamda Farg'ona politexnika instituti professor-o'qituvchilaridan iborat Loyiha guruhining Qoqon shahar hokimi Usmonov Maruf Azamovich boshchiligidagi mutasaddilar bilan Qoqon shahridagi Xudoyorxon o'rdasini qayta tiklash va bu orqali hudud turistik salohiyatini yanada oshirish istiqbollariga bag'ishlangan uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda Xudoyorxon ordasini qayta tiklash boyicha bir necha zamonaviy arxitektura yechimlari muhokama qilindi, aniq yo'nalishlar belgilab olindi.