Joriy yilning 1-avgust sanasidan yangi o'quv yili  uchun oliy ta’lim muassasalari kirish imtihonlarini yopiq binolarida o'tkazilishi O'zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish bo'yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan.

Xususan, Farg'ona politexnika institutiga:  Farg‘ona viloyati futbol assotsiatsiyasiga qarashli futbol maktabi, (420 o'rinli),  Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi sport zali (210 o'rinli) hamda institut sport zali (240 o'rinli) binolari biriktirilgan.

Bugun oliygoh rektori O'.Salomov  mas'ullar bilan  test jarayonlariga binolarning tayyorgarlik holatini nazorat qilish maqsadida, mazkur obyektlarga tashrif buyurdi.  Test jarayonlarida abituriyentlar hamda ularning ota-onalari va yaqinlari uchun qulay sharoitlar yaratib berishga alohida e'tibor berish kerakligini O'.Salomov ta'kidlab o'tdi va mas'ullarga topshiriq berdi. 

Eslatib o'tamiz, Davlat kommisyasining bayonida abituriyentlar shaxsini indentifikatsiyalash, Face-ID orqali tekshirib kiritish, har bir guruhga kamera nazorati o'rnatilib, ushbu jarayonlarni abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlari onlayn kuzatish imkoniyatini yaratish ham belgilab qo'yilgan. Mazkur yopiq binolarda barcha sharoitlar yaratilishi ta'minlanmoqda.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti