Bugun Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi rahbari Olimjon To'ychiyev innovatsion loyihalar hamda ilmiy va innovatsion ishlab chiqarish hamda turli sohalarga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan jami 17 ta markaz va 14 ta “spin-off” korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida, institutga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida, oliygohdagi Muhandislik-texnologik loyihalash va eksperimental ishlab chiqarish markazi, metallga ishlov berishning to'la texnologik zanjirini qamrab olgan texnopark faoliyatini ko'zdan kechirildi.
Shuningdek, viloyatimizdagi oliy ta'lim muassalarining 20 dan ortiq innovatsion loyihalari bilan ham yaqindan tanishib, o'z fikr-mulohazalarini bildirib o'tdi.