Farg'ona politexnika institutida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'limi yo'nalishlariga o'qishga qabul qilish bo'yicha suhbat jarayonlariga start berildi.
Suhbat jarayonlarini, institut o'quv ishlar bo'yicha prorektori Jamoliddin Kambarov ochib berdi hamda imtihon jarayonlarida texnikum bitiruvchilariga omad va zafarlar tiladi.
Farzandlarini qo'llab-quvvatlash uchun kelgan ota-onalar va ularning yaqinlari uchun maxsus kutish zallarida imtihon jarayonlari onlayn tarzda muntazam namoyish etib borilmoqda.