Farg‘ona politexnika institutida yangi 520 o‘rinli TTJ binosi foydalanishga topshirildi
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov bugun institutda davlat xususiy sherikchilik asosida barpo etilgan 520 o‘rinli talabalar turar joyini foydalanishga topshirish marosimida ishtirok etdi.
Ochilish marosimida so‘z olgan viloyat rahbari, yurtimizda so‘nggi yillarda oliy ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, viloyatimizdagi oliygohlarda talabalarning sifatli ta’lim olishlari uchun yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar, xususan, talabalarni yotoq joylar bilan ta’minlash borasida yo‘lga qo‘yilgan yangicha tizim samarali natija qayd etayotgani haqida aytib o‘tdi.
Shundan so‘ng, viloyat hokimi X.Bozorov talabalar turar joyidagi talaba-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.