Kuni kecha Farg'ona politexnika institutida, Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda, Din ishlari bo'yicha viloyat hududiy boshqarma bosh mutaxassisi Z.Hakimov, viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar kotibiyati mudiri M.Xolmatov va oliygoh talabalari ishtirokida "Jaholatga qarshi ma'rifat" shiori ostidagi "Biz yoshlar yot g'oyalarga qarshimiz" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat davomida, mutaxassislar tomonidan bugungi kunda yoshlar orasida tinchligimizni buzishga urinayotgan turli oqimlar, missionerlik, prozelitizm masalalari bo'yicha tushunchalar berilib, ushbu guruhlar harakatidan ogoh bo'lish, bunyodkorlik g'oyalariga tayangan holda ta'lim-tarbiya olish borasida ham tavsiyalar berildi. 

Shuningdek, mazkur mavzuga bag'ishlab suratga olingan "Adashganlar" filmi talabalar e'tiboriga havola etildi.

Foydali havolalar

Farg'ona davlat texnika universiteti