Bugun Farg'ona politexnika institutida Shuhrat medali sohibasi, Farg‘ona shahar “Ibratli bekam” nodavlat ta'lim muassasa rahbari, Farg‘ona “Roza-Al” xususiy korxonasi rahbari Shahnoza G'aniyeva bilan institut talabalari ishtirokida Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot: yoshlar uchun imkoniyat, imtiyoz va tashabbus shiori ostida “Tadbirkor va yoshlar” uchrashuvi tashkil qilindi.
Davra suhbati avvalida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sh.Dehkanov Prezidentimizning doimo ayollarni qo‘llab-quvvatlash, har tomonlama ko‘mak berishga qaratilgan tashabbuslari bugun minglab xotin-qizlarning qalbida ishonch, shijoat hamda minnatdorlik tuyg‘ularini uyg‘otayotganligini alohida e’tirof etdi.
Samimiy muloqotda tadbirkor Sh.G'aniyeva faoliyati, muvaffaqiyat sirlari, o‘z tajriba maktabi bilan bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, talaba-qizlarni qiziqtirgan savollarga tadbirkor batafsil javob berdi.