Bugun Farg'ona politexnika instituti xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori Ilmdor Jahongirov "Davlat tibbiy sug'urtasi tizimini joriy qilish orqali O'zbekistonda aholini iitimoiy qo'llab-quwatlash istiqbollari" mavzusida oliygoh talabalari uchun ma'ruza mashg'ulotlarini o'tdi.

Sog'liqni saqlash sohasi — mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir etuvchi omillardan biri. Chunki u mamlakat uchun muhim bo'lgan — inson kapitali va aholi salomatligiga mas'ul soha sanaladi. Tibbiy xizmatning sifat darajasi nafaqat soha xodimlari malakasi va muassasalari moddiy-texnik bazasiga, balki uni moliyalashtirish mexanizmi, samaradorligini baholashning zamonaviy usullari, faoliyatni konstruktiv boshqarish hamda nazorat qilishga ham bog'liq. Bugungi uchrashuvda shu kabi muhim masalalar haqida so'z bordi.
Ma'ruza mashg'uloti so‘nggida bugungi mavzu yuzasidan talabalar o‘zaro fikr almashishdi.
