Oliygohimizning Qurilish fakultetida “O'zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va “O’zsanoatqurilishbank” tomonidan 1 haftalik bepul “Tadbirkorlar maktabi” o’quv kursi tashkil etildi.
Mazkur o’quv kursi, qurilish materiallarini ishlab chiqarish, korxonalar va mini sexlar ochish hamda ishga tushirish, mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan texnika va jihozlarni tanlash, boshqarish, yuritish, soliqqa tortish va yana bir qator muhim mavzularni o’z ichiga olgan.
Eslatib o’tamiz, seminar so’ngida barcha qatnashuvchilarga sertifikatlar topshiriladi.