Oliygohimizga tashrif buyurgan Farg’ona viloyati hokimining o’rinbosari F.Qosimov institutda mavjud “Rassomchilik galereyasi” hamda yangi tashkil etilgan muzey faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.
Shuningdek, Farg’ona politexnika instituti hamda Yaponiyaning “Willtec”, “Wat consulting” va “Nippondo” kompaniyalari hamkorligida tashkil etilgan “Yapon tili va Yapon texnologiyalari markazi” ning ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Shundan so'ng, institutning ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti qoshida yangi tashkil etilgan “Sanoat va iqtisodiyotni rivojlantirish markazi” faoliyati bilan F.Qosimov yaqindan tanishishdi. Ushbu markaz haqida fakulteti dekani O.Nurmatov batafsil ma’lumot berib o’tdi. Uning asosiy vazifasi Farg‘ona viloyati iqtisodiyoti va sanoatini rivojlantirishga ilmiy-amaliy yordam berish hisoblanadi. Markaz haqida viloyat hokimi o'rinbosari o’z fikr-mulohazlari va takliflarini berib o’tdi.