Bugun «UZAUTO MOTORS» aksiyadorlik jamiyati vakillari ikki tomonlama o'zaro manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'yish maqsadida Farg'ona politexnika institutiga tashrif buyurishdi.
Dastavval, institut majlislar zalida Uzavto Akademiya boshqarma boshlig'i Baxtiyorjon Uraymov, benchmarking boshqarma boshlig'i Temur Xamrayev, sifat boshkarmasi menejeri Muxiddin Abduqodirov hamda institut o'quv ishlar bo'yicha prorektori J.Kambarov, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda oliygoh talabalarini mazkur korxonaga amaliyotlarini yo'lga qo'yish, ishga joylashtirish va shunga o'xshash ko'plab masalalar muhokama etildi.